SOLIDWORKS Asoslari:
Noldan boshlab: eskiz, 3D detal, yig'ma va texnik chizma
SOLIDWORKS'ni noldan o'rganasiz: 2D eskiz, 3D detal, harakatlanuvchi yig'ma va ishlab chiqarish uchun texnik chizma. Kurs oxirida yakuniy loyiha — to'liq texnik hujjat tayyorlaysiz.
Bu kurs kimlar uchun
CAD'ni noldan boshlayotganlar
Oldin 3D dasturda ishlamagansiz: kurs interfeys va eskizdan boshlanadi.
Muhandislik yo'nalishi talabalari
Detal, yig'ma va texnik chizmani tartib bilan, amaliy mashqlar orqali o'rganmoqchisiz.
AutoCAD'dan o'tayotganlar
2D chizmadan 3D parametrik modellashtirishga o'tmoqchisiz.
Nega SOLIDWORKS?
Mashinasozlik va mahsulot dizaynida keng tarqalgan 3D CAD dasturi: detal, yig'ma va texnik chizma bitta muhitda.
Keng tarqalgan
Mashinasozlik va mahsulot dizaynida eng ko'p ishlatiladigan 3D CAD dasturlaridan biri.
Parametrik model
O'lchamni o'zgartirsangiz, detal, yig'ma va chizma birga yangilanadi.
Butun jarayon bitta dasturda
Eskizdan detalga, detaldan yig'maga va ishlab chiqarish chizmasigacha.
Kursda nimalarni o'rganasiz
Darslarda o'tiladigan asosiy mavzular
2D eskiz
Chiziq, aylana, spline; bog'lanishlar (relations) va Smart Dimension bilan to'liq aniqlangan eskiz.
3D detal
Extrude, Revolve, Fillet, Chamfer, Shell, Pattern va Mirror bilan detal yasash.
Yig'ma
Detallarni Mates bilan yig'ish, harakatlanuvchi mexanizm, to'qnashuvni tekshirish va BOM.
Texnik chizma
Ko'rinishlar, o'lchamlar, dopusklar va annotatsiyalar bilan ishlab chiqarish chizmasi.
Kurs dasturi
Kurs modullari va ulardagi darslar
Kirish va eskiz
- • Interfeys, sozlamalar va shablonlar
- • Eskiz, bog'lanishlar va o'lchamlar
- • Eskiz amaliyoti: detal chizish
3D modellashtirish
- • Extrude va Revolve
- • Fillet, Chamfer va Shell
- • Pattern va Mirror, murakkab model amaliyoti
Yig'ma
- • Yig'ma yaratish va Mates
- • Harakatlanuvchi mexanizmlar
- • Interference Detection va BOM
Texnik chizma va yakuniy loyiha
- • Chizma ko'rinishlari
- • O'lchamlar va annotatsiyalar
- • Yakuniy loyiha: to'liq texnik hujjat
Kurs natijasida nima olasiz?
- ✓Eskizdan boshlab 3D detal yasay olasiz
- ✓Detallardan harakatlanuvchi yig'ma tuzib, to'qnashuvlarni tekshirasiz
- ✓Ishlab chiqarish uchun o'lchamli texnik chizma va BOM tayyorlaysiz
Nima uchun TechAxis?
O'zbek tilida
Darslar o'zbek tilida, dastur atamalari inglizcha ham beriladi.
Amaliy darslar
Har modulda o'rganilganlarni amaliy mashqda qo'llaysiz.
Yakuniy loyiha
Kurs oxirida o'z loyihangizni tayyorlaysiz.
Tariflar
O'zingizga mos tarifni tanlang
Starter
0 dan boshlovchilar uchun
- Asosiy (Poydevor) qism videolari
- Dastur instalyatsiyasiga yordam
- 2 ta kichik loyiha chizish
- Sertifikat (Asosiy bosqich)
Pro
Muhandislik cho'qqisi (Amaliyot)
- To'liq videodarslar
- Murakkab Assambleya tahlili
- Render va Visualizatsiya bonus
- Premium sertifikat
- Ish izlash bo'yicha ko'rsatma
Mentor
Jonli yordam
- Barcha Pro imkoniyatlar
- Kurs davomida 1:1 Jonli dars (zoom)
- Uy vazifalar tahlili va nazorat
- Kafolatlangan Portfolio (5+ detal)
- Karyera konsultatsiyasi
Eng ko'p so'raladigan savollar
SOLIDWORKS'ni o'rganish qiyinmi?
Kurs noldan boshlanadi: avval interfeys va eskiz, keyin 3D, yig'ma va chizma. Oldindan CAD tajribasi shart emas.
Kompyuterimga qanday talablar bor?
SOLIDWORKS faqat Windows'da ishlaydi. Aniq talablar rasmiy solidworks.com saytidagi System Requirements sahifasida.
Dasturni qayerdan olaman?
Talabalar uchun SOLIDWORKS Design Standard for Students rasmiy va bepul: solidworks.com/product/students.
Hoziroq boshlang
Kursga yoziling va o'z tezligingizda, amaliy loyihalar orqali o'rganishni boshlang.