πŸŽ“ SOLIDWORKS jonli kursi β€” birinchi dars bepul
Birinchi dars bepul

SOLIDWORKS jonli onlayn kursi

4 hafta ichida SOLIDWORKS'da detal, yig'ma va texnik chizmani mustaqil yasashni o'rganasiz va xalqaro CSWA hamda CSWP imtihonlariga tayyorlanasiz. Video emas β€” jonli darslar, kichik guruh va har bir savolga o'sha zahoti javob.

Darslarni Hikmatjon Meliqo'ziyev (CSWA, CSWP) o'zi olib boradi. Birinchi dars bepul β€” yoqsa, keyin to'laysiz.

Joy band qilish
Format
Jonli onlayn (Zoom)
Jadval
Haftada 4 marta, har dars 1,5–2 soat
Davomiyligi
4 hafta, 16 dars
Guruhda joy
5 ta
Narx
990 000 so'm β€” birinchi darsdan keyin

Bu kurs kimlar uchun

Talabalar

Muhandislik yo'nalishida o'qiysiz va SOLIDWORKS'ni amalda, tartib bilan o'rganmoqchisiz.

Yosh muhandislar va konstruktorlar

Ishda tezroq va to'g'riroq model, yig'ma va chizma qilishni xohlaysiz.

Boshqa dasturdan o'tayotganlar

AutoCAD yoki boshqa CAD'da ishlagansiz, endi 3D parametrik modellashtirishga o'tasiz.

Sertifikat olmoqchi bo'lganlar

CSWA va CSWP β€” SOLIDWORKS'ning rasmiy sertifikatlari; rezyumeda bilimingizni tasdiqlaydi.

Darslar qanday o'tadi

Har bir darsning maqsadi bitta: siz uni o'zingiz qila oladigan bo'lib chiqasiz.

1
Jonli Zoom darsi

Ekranimda ko'rsataman, siz o'sha zahoti takrorlaysiz va savol berasiz.

2
Aniq tuzilish

Har dars 1,5–2 soat: takrorlash, yangi mavzu, keyin amaliyot.

3
Kichik guruh

Guruhda atigi 5 kishi β€” har bir o'quvchining ishi ko'rib chiqiladi.

4
Uy vazifasi

Har darsdan keyin amaliy topshiriq, keyingi dars uni takrorlash bilan boshlanadi.

5
Haftalik mini-test

Har hafta oxirida imtihon uslubida, vaqtga qarshi mashq.

6
Yakuniy loyiha

Kurs oxirida o'z mexanizmingiz: detallar, yig'ma, chizmalar va BOM.

O'qituvchi

Hikmatjon Meliqo'ziyev

Dassault Systèmes'ning rasmiy SOLIDWORKS sertifikatlariga ega. Kursda dasturni noldan, amaliy misollar orqali o'rgataman.

CSWA
Certified SOLIDWORKS Associate
CSWP
Certified SOLIDWORKS Professional

SOLIDWORKS darslari: to'liq dastur

4 hafta, 16 dars. Har darsda yangi mavzu va amaliyot, har hafta oxirida imtihon uslubidagi mini-test.

1-hafta

Eskiz va asosiy detallar

  1. 1
    Kirish va muhit
    Interfeys, fayl turlari, birliklar, shablonlar; dasturni o'rnatish
  2. 2
    2D eskiz I
    Chiziq, aylana, yoy; bog'lanishlar (relations), Smart Dimension
  3. 3
    2D eskiz II va Extrude
    Ellips, Convert, Trim, Offset, Mirror; Extruded Boss/Cut
  4. 4
    Asosiy 3D amallar
    Revolve, Fillet, Chamfer, Hole Wizard; material va massa
2-hafta

Murakkab detallar va parametrlar

  1. 5
    Detalni boyitish
    Shell, Rib, Draft; chiziqli, aylanma va Fill massivlar, Mirror
  2. 6
    Yordamchi geometriya, Sweep va Loft
    Tekislik va o'qlar; Sweep va Loft asoslari
  3. 7
    Parametrlar va konfiguratsiyalar
    Tenglamalar, bog'langan o'lchamlar, Design Table
  4. 8
    Detalni o'zgartirish mashqi
    Chizmadan model, Move/Delete Face, multi-body detallar
3-hafta

Yig'ma va texnik chizma

  1. 9
    Yig'ma I
    Komponent qo'shish, standart bog'lanishlar (Mates), mate references
  2. 10
    Yig'ma II
    Murakkab bog'lanishlar, in-context, Interference va Collision Detection
  3. 11
    Texnik chizma I
    Standart, kesim, detal va yordamchi ko'rinishlar
  4. 12
    Texnik chizma II
    O'lchamlar, annotatsiyalar, dopusklar, BOM va balloonlar
4-hafta

Sheet Metal, Simulation va imtihonga tayyorgarlik

  1. 13
    Sheet Metal
    Base, Edge va Miter Flange, Sketched Bend, yoyilma (Flat Pattern)
  2. 14
    Simulation
    Statik tahlil: mahkamlash, yuklama, setka, natijalar
  3. 15
    CSWA'ga tayyorgarlik
    Imtihon formati, namuna savollar, vaqtga sinov imtihoni
  4. 16
    CSWP va yakuniy loyiha
    CSWP bo'limlari bo'yicha mashq, yakuniy loyiha himoyasi

Kurs oxirida

  • CSWA va CSWP imtihonlariga tayyorgarlik β€” dastur rasmiy imtihon mavzulari asosida tuzilgan
  • Detal, yig'ma va texnik chizmani mustaqil yasash
  • Oddiy Sheet Metal detallar va ularning yoyilmasi
  • Oddiy statik tahlil (Simulation): kuchlanish va xavfsizlik koeffitsiyenti
  • Yakuniy loyiha: 5–8 detalli mexanizm β€” yig'ma, chizmalar va BOM bilan

Qanday boshlanadi

  1. 1-qadam
    Ariza qoldirasiz

    Pastdagi formani to'ldirasiz β€” siz bilan bog'lanamiz.

  2. 2-qadam
    Dasturni o'rnatamiz

    SOLIDWORKS talaba litsenziyasini rasmiy yo'l bilan olishni ko'rsataman.

  3. 3-qadam
    Birinchi dars β€” bepul

    Darsga qatnashasiz va format sizga mos kelishini o'zingiz ko'rasiz.

  4. 4-qadam
    Yoqsa β€” to'lov

    Birinchi darsdan keyin to'laysiz va guruh bilan davom etasiz.

Darslarda faqat rasmiy litsenziyali SOLIDWORKS ishlatiladi. Talabalar uchun SOLIDWORKS Design Standard for Students rasmiy va bepul (faqat Windows).

Ko'p so'raladigan savollar

SOLIDWORKS'ni umuman bilmasam bo'ladimi?

Ha, bo'ladi β€” noldan birga o'rganamiz. Birinchi darsda dasturni o'rnatib, interfeys bilan tanishamiz.

Qanday kompyuter kerak?

SOLIDWORKS'ni bemalol ko'tara oladigan kompyuter. Dastur faqat Windows'da ishlaydi.

Dasturni qayerdan olaman?

Rasmiy saytdan birga yuklab olamiz. Talabalar uchun SOLIDWORKS Design Standard for Students rasmiy va bepul.

To'lov qanday?

Birinchi dars bepul. Format yoqsa, keyin karta orqali, Click yoki bank o'tkazmasi bilan to'laysiz.

CSWA va CSWP sertifikatini kim beradi?

Rasmiy SOLIDWORKS (Dassault Systèmes). Imtihon solidworks.com orqali topshiriladi, kurs esa aynan shu imtihon mavzulari bo'yicha tayyorlaydi.

Kursga yozilish

Hozir hech narsa to'lamaysiz β€” faqat joy band qilasiz.